Yuragimning dard tolasi,Qalbimning mungli nolasi,Ko’zlarim sog’inch jolasi – onam. (x2)Hasratlarin ichga yutgan,Dardin aytolmay berkitgan,Mening kelishim zor kutgan – onam. (x2)Onam, onam.Yuzlari yorug’ oyligim,Mening yo’qotgan boyligim, (x2)G’animatim, chiroyligim – onam. (x2)Yayrab, quvnab yurmaganim,Davru davron surmaganim, (x2)E, so’nggi dam ulgurmaganim – onam,E, so’nggi damda ulgurmagan – onam.Dardu sitam birlan qarib,Ko’zlari meni axtarib, (x2)Vidolashmay ketgan g’arib – onam. (x2)Omonatgina mehmonim,Yolg’izim, tanho insonim,So’nggi so’zlari armonim – onam.Onam…Boshida tuhmat toshlari,Baloyu kulfat toshlari,Toshdan qattiq bardoshlari – onam. (x2)Umri sokin g’amginginam,Endi manguga jimginam,Yuvoshginam, mo’minginam – onam.Yuzlari yorug’ oyligim,Mening yo’qotgan boyligim,G’animatim, chiroyligim – onam.Onam… onam… onam… onam…